Ilm yo‘lidagi hamrox

Assalomu alaykum! Ilm olish bilan birgalikda, nimalarga yaxshi e’tibor qilishim kerak va qanday adabiyotlardan foydalanish kerak? Qanday do‘stlardan yiroqlashish, qanday do‘stlarga yaqin bo‘lish kerak? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh najot topuvchilar jumlasidan qalbi salim zotni zikr qilgan. Alloh taolo “Shuaro” surasida marhamat qiladi: يَوْمَ لَا يَنفَعُ مَالٌ وَلَا بَنُونَ۝ 88. U Kunda na mol va na o‘g‘illar manfaat bermas.
Ha, u Kunda iymon va solih amaldan boshqa hech narsa foyda bermaydi. إِلَّا مَنْ أَتَى اللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ۝ 89. Kim Alloh huzuriga salomat qalb ila kelsa, mustasno.
Insonning qalbi salim bo‘lishi uchun qalbga ma’lumot olib kiruvchi yo‘llar ko‘z, quloq, og‘iz va burun qattiq ximoyada bo‘lishi kerak. Qalb boshqa sof idishlar kabi bir idishdir. Toza idishga nima quyilsa idishda qolganidek ko‘z, quloq, og‘iz va burundan nima kirsa qalbda ham o‘sha narsa qoladi va insonni o‘sha qalbga kirgan narsa harakatga keltiradi. Ko‘rgan noshar’iy ishlari noshar’iy ishlarga, g‘ibatlar g‘iybatga, yolg‘onlar yolg‘onga, yaxshilik, oyat, hadis va pandu nasihatlar yaxshilikka undaydi. Inson yuqoridagi oyatga binoan o‘sha qalb degan idishni toza tutishga, salomat holda Robbisi huzuriga olib kelishga harakat qilish kerak. Ilm o‘zi asosiy maqsad emas, balki u Allohni roziligiga olib boruvchi bir vosita xolos. Ilmning har biriga amal qilinmasa unday ilmdan dunyoviy bir manfaat ko‘rish mumkin, ammo oxiratda zarariga hujjat bo‘ladi. Ko‘rmaysizmi iymon keltirmagan yoki munofiq shaklidagi sharqshunos olimlar ham ko‘p(iymonli va sof e’tiqoddagilari mustasno). Ularning ilmiy darajalari ham bor, ammo iymon keltirmaganlari uchun ilmlarini oxiratlariga hech qanday foydasi yo‘q. Qolaversa ilm boshqa ma’lumot boshqa. Ilm Islom ulamolari nazdida Alloh taolo tarafidan tomonidan beriladigan bir nur va sifatdir. Bu xuddi ko‘zga berilgan ko‘rish qobiliyati kabidir. Er yuzida xalifa bo‘lishga uch toifa da’vogar bo‘ldi. Odam, farishtalar va iblis. Iblis mutakabbirlik qilib Odam alayhissalomga sajda qilmadi, Allohning imtihonidan o‘tolmadi, kibrida davom etdi va mahrum bo‘ldi. Farishtalar Allohning amriga itoat qilib Odam alayhissalomga sajda qilishdi, lekin zohiriy holatiga qarab “Bular er yuzida qon to‘kishadi va fasod tarqatishadi” deb Alloga noo‘rin savol berishdi. Ammo xatolarini tushinishib tavba qilishdabva tavbalari qabul bo‘ldi. Odam alayhissalom hamma o‘rinda o‘z ojizligi, tazarru’ va iltijoda bo‘ldi. Bandalikdan boshqa narsani izhor qilmadi. Odam alayhissalom ilmiga amal qilgandilar ilmining fazilati u kishida namoyon bo‘ldi. Alloh taolo Qur’oni karimda ilm ahlilarining darajotlarini yuqori qilishni va’da qildi, undan avval iymonni shart qildi. Iymonsiz ilm oxiratda aslo najot bermaydi. Alloh taolo “Mujodala” surasida:  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قِيلَ لَكُمْ تَفَسَّحُوا فِي الْمَجَالِسِ فَافْسَحُوا يَفْسَحِ اللَّهُ لَكُمْ وَإِذَا قِيلَ انشُزُوا فَانشُزُوا يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ۝ 11. Ey iymon keltirganlar! Agar majlislarda sizlarga «Joy bering», deyilsa, bas, joy bering, Alloh sizlarga ham joy beradir. Agar «Turing», deyilsa, turingki, Alloh sizlardan iymon keltirganlarni, xususan, ilmga berilganlarni darajalarga ko‘tarur. Alloh nima amal qilayotganingizdan o‘ta xabardordir” deb marhamat qilgan. boshqa oyatlarda esa iymon keltirmaganlar va munofiqlar kim bo‘lishidan va qancha ilm sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar norda ekanligini bayon qilgan. Alloh taolo “Niso” surasida:  إِنَّ الْمُنَافِقِينَ فِي الدَّرْكِ الأَسْفَلِ مِنَ النَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا۝ 145. Albatta, munofiqlar olovning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga yordamchi topa olmassan” deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:43 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar