Internetdagi invistitsiya kompaniyalar

Assalomu alaykum! Bugungi kunda internetda, pul topish yo‘llari ko‘payib ketti. Kompaniyalar aktsiyalari, pul perevodlar va shunga o‘xshagan yana bir qancha yo‘llari bor. Kompaniyalar siz invistitsiya qilgan pulingizni aylantiradi va sizga xar tushgan daromatdan 50-60-70% gacha ulush beradi. Shu narsa halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nimaligini aniq bilish kerak. Shariatga muvofiq ishga tikib aylantiradigan bo‘lsa, bu jarayonnni nazorat qilish imkoni bo‘lsa, halol bo‘ladi. Lekin bu jarayon bugungi kunda juda murakkab bo‘lib, qilingan har bir amaliyot va tuzilgan shartnomalarning har bir punkti shariatga muvofiqligini ta’minlash kerak bo‘ladi. Bunda esa buni amalga oshiradigan ulamo va mutaxassislardan tashkil topgan nazorat guruhi bo‘lishi kerak. Bu holat bugungi internet loyihalarga bo‘lishi juda qiyin ish bo‘lsa kerak deb o‘ylaymiz. Bu kabi loyihalar kamida shubhali hisoblanadi va musulmon kishi shubhadan yiroq bo‘lish talab qilinadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar