Advokatlik to‘g‘risida

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari!Ushbu savolni sizga berishni mandan iltimos qilishdi. Avvalam bu savolning o‘xshashini qidirdim, ammo faqat bir yaqinini topdim-u, u javobdan unchalik qoniqmayapmiz. U kishi advokat bo‘lib ishlaydilar. Iloji boricha insonlarni norozi qilmaslikka va xalol ishlashga harakat qiladilar. So‘ragan narsalari quyidagicha:Masalan, bir ayol (aslida farqi yo‘q, erkak ham bo‘lishi mumkin) biror jinoyat qilgan (masalan giyohvand modda bilan ushlashgan) va qonun tarafidan jazolanmoqchi va uni ko‘p yillarga qamoqqa tashlanish ko‘rilmoqda. Jazolanuvchining 2-3 ta yosh bolalari bor, ya’ni ular ham yolg‘iz (to‘g‘rirog‘i qiyin ahvolda) qolishlari mumkin. Mana shu holatda bularga chin ko‘ngildan (Alloh yo‘lida) yordam berish NIYaTida (albatta, jazolanuvchilarning o‘z qilmishlarini tan olib, boshqa takrorlamaslik sharti bilan) ularni mahkamada himoya qilsa, ularning yaqinlaridan o‘z mehnati va xarajatlari uchun pul ham olsa, buni shariatda qanday baxolash mumkin?Alloh Sizni salomat va mehnatingizni barokatli qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz.

2 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar