Mol mulkdan zakotim
Assalomu alaykum! Nikoh to‘yimda ota onam, va erimi ota onasi, erim tilla taqinchoqlar berishgan. Hozirda nisobdan kam. Taxminan 80 gramm. Ilgari 86 gr edi. Ikki yil davomida zakot berdim. Va singlimga 6 grammchasini berib yubordim. Va shuning uchun keyin zakot bermadim. (O‘zim ishlamayman) Erim taqilmagan tilla uchun ham javob berilsa kerak. Sotib yuboring deb maslahat beryapti. Sotay desam onam ko‘nmayapti nima qilay? 2. Ko‘rpa to‘shak masalasida ham shu ahvol. Birovga bervoray desam onam könmaydi. Singlimga beray desam qaynonam qarshiday tuyilyapti. Nima qilishni maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tillalaringizdan tashqari ham pul yoki boshqa qiymatli narsalaringiz bo‘lsa ularni ham hisoblaysiz. Agar tillalaringiz bilan hammasini hisoblaganda 85 gramm tillaning qiymati bo‘lsa zakot berasiz.2). Ko‘rpa to‘shak, gilam, qimmatbaho idish tovoqlar hojatdan tashqari bo‘lsa, qurbonlik nisobiga qo‘shiladi. Agar ular sotish uchun bo‘lsa, zakot nisobiga qo‘shiladi. Sizning holatingizda ularni turishining zarari yo‘q, ona va qaynonangiz rozi bo‘lishmasa. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar