Ayollar

Assalomu alaykum! Shu kunlarda erim bilan yashayotganimdan juda hafa bo‘lib ketyapman. Ko‘nglim ko‘p og‘riydi bosh olib qaerlargadir ketgim keladi, yashashdan mazmun qolmagandek tuyuladi, ammo farzandlarim uchun, ota onam uchun chidab yashashga majburman. Bunday(eriga ko‘ngilsiz, farzandlari uchun noiloj) yashayotgan ayollar afsuski hozir oramizda ko‘p. Ular o‘z ko‘ngillariga qarshi, orzu umidlaridan, rohatlaridan voz kechib yashaydilar, umrini, hayotini qurbon qilib yashaydilar. Bunday vaziyatga dinimizda qanday tavsif bor? Ayollar shunday yashashga majburmilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson shahvatlar ketidan qancha quvmasin baribir oxiri baxtsizlikka olib keladi. Har bir insonning, hoh erkak, hoh ayol bo‘lsin baxt-u saodati o‘z yaratuvchisi bo‘lmish Allohni rozi qilishga intilishidadir. Inson o‘zining imtihoni nimadan bo‘lishini bilmaydi. Kimnikidir molidan, yana kimdir oilasidan bo‘ladi. Ko‘proq duo va tazarruda Allohdan so‘rash kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar