Bolalar puli

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirda akam AQShda ta’lim olib, oilasi bilan istiqomat qilmoqda. U erda agar hohlasangiz davlat tomonidan har bir bola uchun nafaqa puli tayinlanadi, lekin akam «Bu pul harom, chunki ko‘pchilik soliq to‘layotganda rozi bo‘lmasdan to‘laydi. Bizga esa shu yig‘ilgan soliqlardan nafaqa ajratiladi» deb shubxa bilan qaraydi. Sizlarga savolim: Akam shu pulni olsa unga halolmi yoki harom? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zining taqvosiga bog‘liq. Qolaversa biz u erning tartib-intizomidan bexabarmiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 98 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar