Tahoratda yurish

Assalomu alaykum! Men tahorat qilganimda bir tanishim namoz vaqti bo‘lmaganligi uchun nima maqsadda tahorat qilganimni so‘radi. Men tahoratli yurishimni aytdim. Shunda u menga tahoratli holatda yurish yomon hech bo‘lmaganda 2 rakat tahorat shukri namozini o‘qish kerakligini aytdi. Men tahorat olganda 2 rakat tahorat shukrini o‘qish kerakligini bilaman. Bilmaganim shuki tahorat qilib namoz o‘qimasdan tahoratli yursa yomon bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tahoratdan keyin ikki rakaat namoz o‘qish yaxshi amal. Ammo namoz o‘qimasdan tahorat olib yursa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 148 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar