Kasalga atab xo‘roz so‘yish
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 4 yil bo‘lyapti. Uyimizda keksa buvimiz borlar. Saraton kasalligi tufayli to‘shakka yotib qoldilar. Oxirgi kunlarda ovqat ham, suv ham icha olmayaptilar. Jonlari og‘riqlar tufayli azoblanmoqda. Shu sababli ularni farzandlari uyimizga Yangiyo‘llik bir domlani olib kelishmoqchi. U domla qora xo‘rozni so‘ydirib, xo‘rozning qonini bemor peshonasiga va yuziga surtishni buyurar ekan. So‘yilgan xo‘rozni esa suvga oqizib yuborish kerak ekan. Shunda bemor sog‘ayib ketar yoki azobdan qutular ekan. Bu ish shariatimizga to‘g‘ri keladimi? Agar to‘g‘ri kelmasa qanday gunohlarga sabab bo‘lishi mumkin? Bu ish shariatimizga to‘g‘ri kelmasa men kelinlik uyimda qaynona-qaynotamni kanday qilib qaytarishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizga to‘g‘ri kelmaydi. Qon shariatda haromligi bilan birga og‘ir najosat ham hisoblanadi. U bor joyda kofir jinlar to‘planadi. O‘limidan oldin iymonsiz ketishidan saqlansin. Bu kasallikning mukofoti Allohning huzurida ulkan bo‘ladi. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu hadislarni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَ: أَحْصُوا لِي كَمْ يَلْفِظُ الْإِسْلَامَ؟ فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَتَخَافُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ مَا بَيْنَ السِّتِّ مِائَةٍ إِلَى السَّبْعِ مِائَةٍ، قَالَ: إِنَّكُمْ لَا تَدْرُونَ لَعَلَّكُمْ أَنْ تُبْتَلَوْا، قَالَ: فَابْتُلِيَنَا حَتَّى جَعَلَ الرَّجُلُ مِنَّا لَا يُصَلِّي إِلَّا سِرًّا Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. U zot:«Menga Islomni (kalimai shahodatni) necha kishi talaffuz qilganini sanab beringlar», dedilar.«Ey Allohning Rasuli, biz olti yuz bilan etti yuz orasida bo‘lsak ham, bizga yomonlik bo‘lishidan xavf qilasizmi?» dedik.«Sizlar bilmaysizlar, ehtimol, hali balolarga duchor bo‘larsizlar», dedilar. Darhaqiqat, balolarga duchor bo‘ldik. Hatto ba’zilarimiz namozni faqat berkitib o‘qiydigan bo‘ldi».
Sharh: Islom yangi tarqalayotgan paytda shunga o‘xshash qiyinchiliklar juda ham ko‘p bo‘lgan. Islom uchun musibatga uchrash qadimdan ma’lum va mashhur. Shuning uchun Islom yo‘lida yurganlarga bu narsa doimiy ravishda eslatib turiladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar