Buvimlar namozdagi salovotni bilmas ekanlar
Assalomu alaykum! Mening yoshlari 65 yoshga yaqinlashgan buvimlar borlar. Bir kuni suhbat davomida ular namozda attahiyotdan keyingi salovotni (Allohumma solli allohumma barik) ni bilmasliklarini va namozda faqat attahiyotni o‘qib so‘ngra robbana duosini o‘qishlarini bildik va biroz taajublandik. Buvimlarga Alloh taolo bilmay qilgan gunohlarni kechirishini lekin endi ushbu salovotni yodlashlarini aytdik lekin buvimlar oq varoqqa bir muddat qaraganidan so‘ng kozlari og‘rib qoladi. Salovotni eshitib yodlashga harakat qilayaptilar. Lekin xotiralari ham ancha sustlashganga o‘xshaydi. Oddiy salovotlar o‘rgatsam ham birozdan so‘ng boshqasiga chalkashtirib qo‘yayaptilar. Bunday xolatdan qanday yo‘l tutishni maslahat berasizlar. Buvimlarni shuncha yillik o‘qigan namozlari soqit bo‘lganmikan. Bundan buyog‘iga qanday yo‘l tutsinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalgi namozlar sunnatni tark qilingani uchun noqis holda durust bo‘lgan. Bu holda bardavom bo‘lmay yodlab olishga harakat qilsinlar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar