Unashtirilgandan so‘ng boshqa sovchiga rozilik

Assalomu alaykum! Ota-onam topgan qizga yaqinda unashtirilgan edik. Qizham menga maqul bo‘ldi, bilishimcha qizga ham maqul tushganmiz. Unashtiruvdan avval qizni otasi va akasi bilan gaplashib men haqimda bilishib to‘yimizga rozilik berishgan edi. Fotixamiz bo‘lganidan so‘ng, bir oydan keyn, qizning otasini do‘stidan sovchi bo‘lib kelishyapti ekan, hozrda otasi unashtiruvni buzib do‘stini o‘g‘liga bermoqchi. Qizni ko‘nglini so‘rasam, boshqa insonga turmushga chiqishni istamaydi, lekin otasini ham so‘zini qaytara olmaydi. Hadisda keltirilgandek, sovchi qo‘yilgan qiz yoki uning valiysi birinchi sovchi qo‘ygan yigitga ochiqcha rozilik bildirgan bo‘lsa, uning sovchiligi ustiga sovchi qo‘yish harom bo‘ladi. Menga qanday maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qizning do‘sti noto‘g‘ri ish qilibdi. Bunday paytda do‘sti tomonga borib biz shunday qilganmiz deb aytishi kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:26 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar