Stroy musor tashash

Assalomu alaykum! Bizda uyda hashar yoki remont bo‘lib qolsa stroy musorlar chiqadi. Shu musorlarni “maxsus trans” olmaydi, chunki stroy musor deydi. Agarda ularga pul bersa olib ketishadi va agar maxsus translar musor to‘kadigan joyiga oborsez ham u erga musor tashashga sizni kirgizmidi. Agar undayam pul bersez kirgazadi va be’malol to‘kiladi. Bu ikki holatda pora bergan hisoblanadimi? Yoki ularga pul bermasdan chetroqa to‘kkan yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pora bo‘ladi. Axlat tashuvchilarning nizomida qurilish axlatini olish uchun alohida to‘lov yoki alohida mashina chaqirishingiz kerak bo‘lsa, ularni aytganini qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar