Oiladagi o‘g‘rilik

Assalomu alaykum! Bizani oilamzda o‘g‘ri bor. U har doim o‘zimizani pulimizi o‘g‘ilaydi. U insoni kimligini juda yaxshi bilamiz, lekin ayta olmaymiz. Aytsak oilamz buzilib ketishidan qo‘rqamiz. Oxirgi payt ko‘p o‘g‘rilik qiladigan bo‘lib qoldi. hattoki etimlari pulini ham o‘g‘rlavoti. Savolim shundan iboratki biza qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni o‘g‘ri topolmaydigan joyga berkiting, tamom. Uni to‘g‘ri yo‘lga chaqirib bu ishidan qaytarmaslik oqibatida boshqalarga ham zarar bersa sizlar vaqtida oshkor qilib o‘g‘rilikdan qaytarmaganingiz uchun gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar