O‘g‘irlangan narsalar

Assalomu alaykum! Men bir tashkilotda usta (master) bo‘lib ishlar edim, 12 yil bo‘ldi namoz o‘qimas edim alxamdulillax xozir o‘qiyman xisobod paytida yaroqsiz xar xil extiyot qismlar, elektro motor, quvur(ichida yaroqlisi xam bor)larni xisobotdan chiqarib akt (spisat) qilib uyga olib kelganman va shu jixozlardan uy, ayvon qurishda foydalanganman, xozirda uy bilan ayvon bitgan buzishni iloji yo‘q, tashkilotda ishlaganlar nafaqaga chiqib ketishgan nima qilsam bo‘ladi? Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha tashkilotga borib olgan narsalaringizni qiymatini berib qo‘ying. Yaroqsiz narsalar bo‘lsa ham mas’ullardan rozilik so‘rab qo‘yish kerak edi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar