Qon ichsa qassob bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Ukam qassobchilikka shogird tushib chiqib yuradi. O‘sha erdigilar agar qon ichsen fotixa beriladimiey diyishipti. Go‘yoki shundan keyin qassob bo‘lib ketadi. Lekin qanaqa qonligini bilmadim, qo‘yni qonimi yoki boshqani. Man qon ichib bo‘midi dvomman. Lekin aniq dalil keltirib aytsam bu ishni qimidi deb o‘yliman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qonni ichish harom hisoblanadi. “An’om” surasining 145-oyatida shunday deyilgan:
«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan o‘zganing nomiga so‘yilgan bo‘lsa (haromdir)». Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 222 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar