Ateistlar bilan baxs
Assalomu alaykum! Ateistlar bilan bahsda biz musulmonlarga Alloh taolo yo‘q narsani ko‘radimi deb falsafiy savol berishyapti. Shu falsafiy savolga biz musulmonlar qanday javob beraylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’naviy sifatlar ettitadir:1. U Zoti taoloning qodir bo‘lmog‘i.
2. U Zoti taoloning iroda qiluvchi bo‘lmog‘i.
3. U Zoti taoloning olim bo‘lmog‘i.
4. U Zoti taoloning hayot (tirik) bo‘lmog‘i.
5. U Zoti taoloning eshituvchi bo‘lmog‘i.
6. U Zoti taoloning ko‘ruvchi bo‘lmog‘i.
7. U Zoti taoloning gapiruvchi bo‘lmog‘i.
Ushbu etti sifat o‘zlaridan oldingi etti sifatga bog‘liqdir. Ularning «ma’naviy sifatlar» deb atalishi yuqoridagi ma’nolar ila sifatlanishning bo‘lagi ekanidandir.
Ayni ushbu oxirgi toifadagi sifatlar to‘rt qismga taqsimlanadi.
Birinchi qism – vojib, mumkin va imkoni yo‘q narsalarga aloqasi bor sifatlar. Bu qismga ilm va kalom sifatlari kiradi.
Ilm sifati, avval ham aytib o‘tilganidek, narsalarning haqiqatini ularga ta’sir ko‘rsatmagan holda kashf etadi. Albatta, Alloh taolo barcha vojib, mumkin va g‘ayri mumkin narsalarni O‘z ilmi ila kashf qilishi – bilishi turgan gap.
Kalom sifati esa narsalarga dalolat, bayon, amr yoki nahyi yuzasidan bog‘liq bo‘ladi. Albatta, Alloh taoloning kalomi vojib, mumkin va g‘ayri mumkinlarni o‘zi ichiga olishi turgan gap.
Ikkinchi qism – faqat mumkin narsalarga bog‘liq sifatlar. Bu qismga qudrat va iroda sifatlari kiradi. Chunki iroda ham, qudrat ham narsalarga ta’sir qiladigan sifatlardir. Misol uchun, bor qilish yoki yo‘q qilish. Vojibni yo‘q qilish mumkin emas. Imkoni yo‘q narsani bor qilish mumkin emas. Agar bunday bo‘lmaganda, vojib vojib bo‘la olmas, imkoni yo‘q imkoni yo‘q bo‘la olmas edi.
Uchinchi qism – mavjudotga bog‘liq sifatlar. Bu qismga eshitish va ko‘rish sifatlari kiradi. Ular ila mavjud narsalar eshitiladi va ko‘riladi. Mavjud bo‘lmagan narsalar eshitilmaydi ham, ko‘rilmaydi ham.
To‘rtinchi qism – hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan sifat. Bu hayot sifatidir. Bu sifat Alloh taologa nisbatan bir narsaga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z-o‘zidan qoim sifatdir.
Aslida hayot sifati, hech bo‘lmaganda, makon va vaqt bo‘lishini talab etadi. Ammo bu shart maxluqlar uchundir. Xoliq bo‘lmish Alloh makon va zamonni ham O‘zi yaratgan va yakka O‘zi idora qiladi. Binobarin, Uning hayot sifati makonga ham, zamonga ham va undan boshqa shartlarga ham bog‘liq emas. («Sunniy aqiydalar» kitobidan). Sizda aqiyda va unga bog‘liq maslalarda chuqur ilm bo‘lmasa ular va ularga o‘xshaganlar bilan tortishuvga kirishishga shar’an ruxsat yo‘q, shuningdek bunday bahslarni eshitish va ko‘rish ham iymoningizda shubhaga olib kelishi mumkin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar