Internetda pul ishlash xalolmi ?

Assalomu alaykum! Men telegrammda pul ishlayman. O‘zimni shaxsiy botim bor. Bu bot rus boti xisoblanib "Piar bot" deb ataladi. Odamlar bu botga odamlarni taklif qilishadi va evaziga men ularga pul to‘layman. Mening daromadim esa ushbu bot orqali reklama sotaman. Xozir buni tushuntirib berishim qiyin. Shuning uchun botni o‘zingiz ko‘rsangiz degandim. Xozirgi kunda ushbu turda ishlayotgan odamlar ko‘p. Shuning uchun bu xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni ishingizda yolg‘on va odamlarni roziligisiz majburlab odam qo‘shish kabi ishlar bor ekan. Siz reklama qiladigan bo‘lsangiz quyidagi narsaga e’tibor qaratishingiz kerak ekan.
Shariatimizda yolg‘on guvohlik degan gunoh bor. Buning gunohi o‘ta o‘ta og‘ir. Hozirgi siz aytgan internetda pul ishlashning juda ko‘pi qaysidir kompaniyalarga odam yig‘ish bo‘ladi. Reklama qilib berish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘sha kompaniyani mahsulotlariga, ish faoliyatlariga va halol yoki harom ekanligiga guvohlik berishdir. Musulmon odam ko‘r-ko‘rona ish tutmasligi kerak. 10 tsentni deb do‘zaxdan joy sotib olmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bundan qattiq qaytarganlar.عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar