Sohibi uzur ham shundaymi
Assalomu alaykum! Bir xadisda Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu alayhi vasallam 2 qabrni oldidan o‘tib, bular azoblanmoqdalar deb, 2-qabr egasini Peshobidan ehtiyot bo‘lmagani uchun degan ekanlar. Sizlar bu insonni noumid qilish uchun emas, najosatdan ehtiyot bo‘lishlikka chaqirish maqsadida aytilgan deganingizni o‘qidim. Savolim shuki, Sohibi uzur qancha urunmasin, beixtiyor baribir tahorat olsa ham nomoz o‘qiyotganida peshob chiqib ketsa, va deyarli hamma ichki kiyimida najosat tekkan bo‘lsa, qancha yuvmasin baribir kasali sababidan najosat chiqaversa, u ham najosatga bulg‘anib yurishga majbur bo‘lib qoladi, chunki kasalini davolab bo‘lmadi, shunda u ham najosatdan ehtiyot bo‘lmagan odam hisoblanadimi, va shu kasali orqali ham qabr azobiga yo‘liqishi mumkinmi aynan najosat mavzusida, chunki har qanaqasiga ham uni kiymida kasali sababli har doim najosat bo‘lib turadi-ku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosatdan imkon boricha saqlanib, kiyim va badaniga tekkizmay, najosat chiqadigan joyga paxta yoki shu kabi shimib oluvchi vositalardan foydalanadi va bunday holda qabr azobiga sabab bo‘ladigan holga kirmaydi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar