Qa’da haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, men shayx Hazratlari (rahimahulloh)ning “Mo‘minning me’roji” nomli kitoblarida: “qa’da holatida bag‘riga qarab turish namozning ruknlaridandir” deb yozilganini o‘qigan edim. Shunga hozirgacha amal qilib kelmoqdaman. Ammo kechagi kundagi savol-javobda: “qa’da holatida ishora qilinadigan barmoqqa qarab turish mustahab” debsizlar. Meni kechiringlar ilmisizlik qilib, noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam. Ana shu holatni menga tushuntirib berinlar? Qaysi biriga amal qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “qa’da holatida bag‘riga qarab turish namozning ruknlaridandir” degan so‘zda rukn so‘zi xato ketibdi. U afzaldir. Ishora qilgunicha qalbga qarab turib, ishoradan to salom bergunicha barmoqqa qarab turadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar