Shoshilib xukm qilmang degan gap hadismi

Assalomu alaykum! Bir xadis xaqida so‘ramofchi edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, "agar oldingizga bir odam bir ko‘zi o‘yilgan xolda kelsalar shoshilib xukm qilmang, balki u narigini ikki ko‘zini o‘yib olgandir". Shu ma’noda xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis emas arablarning hikmatli gaplaridan. Bu hikmatda hukm chiqaradigan kishi shoshilmaslik va ikki tarafni eshitmay hukm qilmasligi kerakligini anglatadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar