X-betdan jufti halolimni qanday qaytarsam bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanman, jufti halolimni Xbet o‘yinidan qaytarolmayabman. Pul tikib o‘ynaladigan har bir o‘yin qumor sanaladi, qumor esa bizda xarom sanaladi deb aytaverib charchadim. Erimga gapiraverib o‘zimni asabim qolmadi, u o‘z bilganini qilib javob bersam men beraman sen emas deydi. Men bo‘lsam, gunoh ish qilishizni bila turib sizga jim indamay qarab turolmayman deyman. Uyimizda deyarli har kuni shuni deb urush. Men ko‘p pul tikmayman deb doim bir nimalar qilib o‘zini oqlaydi. Nima qilishni bilmay qoldim, erim bilan shu masalada olishganim sari o‘zimni asablarim tugayabti. Tomog‘imni bir nima qattiq bo‘g‘adi, qo‘yib yubormaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zimmangizda etkazish vazifasigina bor, majburlash emas. Etkazsangiz va u ishlarga qalban norozi bo‘lsangiz oxiratda ham qolganiga javobgar bo‘lmaysiz. Gapi o‘tadigan kattalar nasihat qilsin. Eringizga qabul qilsalar gapiring qabul qilmasa duo qilish yo‘liga o‘ting. Topshining aksari haloldan bo‘lsa ishlab topganidan qilgan nafaqasini olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush