Namozda el chiqishi

Assalomu alaykum! Asr va shom namozlarini o‘qivotkanimda el juda qattiq qistadi man el chiqti digan shubxaga bordim lekin namozimni davom ettiraverdim. Endi taxoratsiz namoz o‘qimadimmikan deb ichimi evoman. 2. Man shom namozini xufton voxti kirishiga 5 daqiqa qoganda o‘qidim, to‘g‘ri kilganmanmi yoki qazosini o‘qimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Aniq narsa shubha bilan ketmaydi degan qoida bor. Agar el chiqqani aniq bo‘lmasa, tahorat bor hisoblanadi. 2) Namozni vaqti kirishligi uning to‘g‘ri bo‘lishiga shart hisoblanadi. Bu holatda namoz ado bo‘ladi, ammo namozni bunchalik kechiktirmaslikka harakat qiling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 229 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar