Burun to‘xtovsiz qonasa tahorat
Assalomu alaykum! Burnim ba’zan qonab, qon to‘xtashi juda uzoq vaqt davom etadi. Masalan, bugun shom namozidan oldin tahorat olmoqchi edim, burnim qonab ketdi, to‘xtashini kutdim 40 minutlar o‘tdi, to‘xtamadi noiloj burnimga paxta tiqib, tahoratni burini yuvmasdan oldim. Namozni o‘qidim, tabiiyki paxtani ustida qon bor edi, lekin qon oqib terimga tegmadi. Savollar: 1). Shu o‘qigan namozim durustmi? 2). Shunaqa holatlarda nima qilish kerak o‘zi shariat bo‘yicha?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaqtda shomning oxirgi vaqtigacha kutish kerak. Tahorat olib shomni farzini o‘qishga etadigan vaqt qolguncha kutib turasiz. O‘sha vaqt bo‘lganda paxta qo‘yib tahorat olib shomni o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 184 | Tahorat