Tovuq emida harom narsa bo‘lsa

Javob izlab ko‘rdim, lekin topa olmadim. Biz Koreyada ishlaymiz. Bu erda to‘liq halol bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari oz. Bir savolga “ko‘proq tuxum va baliq eyishga harakat qiling” degan ekansiz. Shunga biz ko‘proq baliq va tuxum eymiz. Endi shu tovuq emiga ham harom narsa qo‘shilishi haqida xabar eshitdik. Agar ma’lum bir miqdorda tovuq emiga cho‘chqanig suyagi maydalanib qo‘shib berilsa, o‘sha tovuqlarning tuxumi halol bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Harom narsani etgan halol hayvon harom bo‘lmaydi. Oddiy tovuqlar ham axlatlarni eydi. Ularni uch kun boqib so‘yish tavsiya qilingan.

26 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar