Sehrning muolajasi
Assalomu alaykum! Sehrdan qanday xalos bo‘lish mumkun? Javobingiz uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! SEHRNING MUOLAJASI Alloh taoloning bu dunyoda joriy qilib qo‘ygan qonun-qoidalarini taammul bilan o‘ylab ko‘rgan kishi turli ofatlar va bemorliklarning yuzaga kelishi ham borliqdagi muqaddar qonun-qoidalardan biri ekanini anglab etadi. Bularning hammasi Alloh taolo tomonidan bo‘ladigan sinovdir. Kim solih bandalar balo va musibatlardan uzoqda bo‘ladi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Solih kishiga ofat va musibatlarning etib turishi Allohning unga bo‘lgan muhabbati alomatidir. Solih kishiga bemorliklarning etib turishi Alloh taoloning unga yaxshilikni iroda qilgani alomatidir. Bunday kishilarga etgan ofat va bemorliklar uning uchun qilgan gunohlarining kafforatidir. Agar musibatga uchragan banda solih bo‘lsa, musibat uning uchun gunohlarga kafforat yoki darajotlarining ko‘tarilishidir. Agar osiy bo‘lsa, musibat uning uchun yomonliklarini yuvish va bu dunyo bevafoligini eslatishdir. Gohida sehr va ko‘z tegishi orqali ham bandaga musibat etadi. Shuning uchun musulmon odam mazkur ikki narsadan saqlanish yo‘llarini yaxshi bilib olishi kerak. Bulardan saqlanish muolaja qilishdan ko‘ra osonroqdir. Sehr va ko‘z tegishidan saqlanish bir necha uslublar bilan amalga oshadi: 1. Tavhid orqali ruhni tetiklashtirish. 2. Borliqdagi barcha narsaning tasarrufini faqat Alloh taoloning O‘zi qilishiga iymon keltirish. 3. Yaxshiliklarni ko‘p qilish. 4. Sehrgarligi va ko‘zi borligi bilan mashhur bo‘lgan odamlardan uzoqda bo‘lish. 5. Allohdan sehr va ko‘z tegishidan panoh so‘rab, kerakli duo va zikrlarni o‘qib yurish. 6. Mazkur duo va zikrlar haq ekani va ularning foydasi borligiga iymon keltirish. Mazkur iymon qancha kuchli bo‘lsa, ta’sir ham shunchalik kuchli bo‘ladi. 7. Mazkur duo va zikrlarni aytganda qalbning hozir bo‘lishi. Chunki g‘ofil qalb bilan qilingan duo qabul bo‘lmaydi. 8. Kunduzgi duo va zikrlar bomdod namozidan so‘ng, kechkilari asr namozidan keyin aytiladi. 9. Oyatul Kursiy, Baqara surasining oxirgi ikki oyati, Ixlos, Falaq va An-Nas suralarini sehr va ko‘z tegishidan saqlanish uchun o‘qiladi. Boshqa duolar va zikrlar ushbu kitobning tegishli joyida kelgan. 10. Sehrlanib qolganlik va ko‘z tekkanlik alomatlari quyidagicha: kishining a’zolari sog‘ bo‘la turib, boshining u er-bu eri og‘risa, yuzi sarg‘aysa, ko‘p terlasa va bavl qilsa, ishtahasi yo‘qolsa, yuragi bejo bo‘lsa, belining va ikki kuragining pastida og‘riq bo‘lsa, uzrsiz xafalik va yurak siqilishi kuzatilsa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Shuningdek, bekordan-bekorga xavfsirayversa, achchig‘i chiqaversa, odamlarga qo‘shilgisi kelmay qolsa, dangasa bo‘lib qolsa, uyqusi kelaversa, qo‘yingki, tibbiyotga oid bo‘lmagan holatlarga uchrasa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Musulmon odamning iymoni va qalbi kuchli bo‘lib, vasvasaga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Sehr qilingan odam bir necha yo‘l bilan muolaja qilinadi: Birinchisi – sehrning joyi aniq bo‘lsa, uni olib, Falaq va An-Nas suralarini o‘qib turib, tugunlari echiladi. So‘ngra kuydirib yuboriladi. Ikkinchisi – sehrni o‘ziga o‘xshash sehr bilan muolaja qilish. Bu ish haromdir. Uchinchisi – shar’iy dam solish yo‘li bilan muolaja qilinadi. Bunda Fotiha, Falaq va An-Nas suralari yoki Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan duolar o‘qiladi. Imom Abdurrazzoq o‘zining «Musannaf» nomli kitobida sehrning muolajasi haqida quyidagilarni keltirgan: «Sidrning bargidan ettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga Kafirun, Ixlos, Falaq va An-Nas suralari uch martadan o‘qiladi. So‘ngra suvga solib ichiladi va g‘usl qilinadi. Alloh shifo bergunicha takror qilinadi». To‘rtinchisi – sehr qilingan narsa qorinda bo‘lsa, ich surish, boshqa joyda bo‘lsa, qon oldirish bilan xalos bo‘linadi. 11. Dam solishning shartlaridan biri Allohning ismlari, sifatlari hamda rivoyat qilingan duolar bilan bo‘lishidir. 12. Dam solish arab tilida yoki ma’nosi tushunarli bo‘lishi shart. 13. Dam solish o‘zicha ta’sir qilmasligiga, shifoni faqat Allohning O‘zigina berishiga e’tiqod qilish shart. 14. Dam soluvchi taqvodor, solih musulmon bo‘lishi kerak. U qanchalik taqvodor bo‘lsa, ta’siri shunchalik kuchli bo‘ladi. 15. Dam solish jarayonida sidqidildan Allohga yuzlanish va yolvorish lozim. 16. Kishi o‘ziga-o‘zi dam solgani afzal. 17. Dam soldiruvchi kishi ham solih mo‘min bo‘lishi kerak. 18. Dam soldiruvchi kishi shifoni ixlos bilan Alloh taoloning O‘zidan so‘rashi lozim. 19. Shifo bo‘lmayapti, deb shoshilmasligi kerak. 20. Ko‘z tegishidan xavfsiralgan joylarga tumor, ko‘zning shakli, otning taqasi kabi narsalarni osish mumkin emas. Alloh taoloning shariatda kelgan sehr haqidagi hukmlarini bilib, sehrgarlikdan o‘zini chetga olish har bir mo‘min-musulmon bandaning burchidir. Shuningdek, sehrgarga murojaat qilish mutlaqo mumkin emasligini ham har bir mo‘min erkak va ayol yaxshi tushunib etishi kerak. Iymonli kishi bo‘lgan-bo‘lmagan narsaga «Sehrlab qo‘yibdi, u bo‘libdi, bu bo‘libdi», deb vasvasa qilmasligi kerak. Ko‘pchilik aynan shunga o‘xshash narsalar bilan o‘zini o‘zi tushkunlikka solib qo‘yadi. Buning o‘rniga sehrdan saqlanish oyatlari va duolarini o‘qib, o‘ziga dam solish, hamma narsa Alloh taolodan ekaniga qat’iy ishonch bilan iymonni baquvvat qilib, xotirjam yurish kerak. Sehrgarlarning alomatlari ko‘p. Shulardan ba’zilarini aytib o‘tamiz. • Sehrgarlar odamlarni o‘ziga ishontirish uchun taqvodor bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Buning uchun ularning namoz o‘qishlari, zikr qilishlari va odamlarni jalb qiladigan boshqa ishlarni amalga oshirishlari kuzatilgan. • Sehrgarlarning alomatlardan yana biri – ular bemorning va uning onasining ismini so‘rashadi. Holbuki, shar’iy dam solishda bu ismlarning hech bir keragi yo‘q. • Sehrgarlar sehrlangan kishidan ba’zi kiyimlarini yoki kiyim parchalarini keltirishni so‘raydilar. • Sehrgarlar ma’lum sifatga ega hayvon keltirishni so‘raydilar. Ularni jinlarga atab so‘yishlari yoki qonini bemorga surtishlari mumkin. Bu ham sehrgarlikning alomati. • Sehrgarlar ma’nosini tushunib bo‘lmaydigan tilsim va shakllarni chizadilar. • Sehrgarlar bemorga to‘rtburchak shakllar ichiga turli harflar va raqamlar yozilgan varaqlar berishadi. • Sehrgarlar bemorlarga odamlarga aralashmay, ma’lum muddat alohida xonada yashashni buyuradilar va hokazo. ("Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish kabi ishlarning haqiqati" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 261 | Dolzarb savollar