Dorilar halolmi?
Assalomu alaykum! Kagor nomli vino bor uzumdan tayyorlangan. Shifokorlar uni tibbiyotda qon ko‘paytirish maqsadida yozib berishadi, aptekalarda sotiladi. Shuni davo maqsadida istemol qilish harommi? 2) Cho‘chqaning oshqozon osti bezidan insulin ukollari ishlab chiqiladi. Qandli diabeti borlar uni har kun olishi kerak. Shuni olish harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Vino mast qiluvchi harom ichimlik bo‘lgani uchun, uning iste’moli davo uchun ham harom. Qonni ko‘paytiradigan halol narsalar ko‘p.2). Bu dorining ham halolini topishga harakat qilish kerak. Agar shundan boshqasi bo‘lmasa, zarurat yuzasidan va mutaxassis taqvoli shifokorning tavsiyasi bilan ishlatish joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 211 | Halol va harom