Hovli zakoti

Assalomu alaykum! Biz uy qurib ko‘chib chiqish uchun hovli olganmiz. O‘sha hovliga mening dekret pulim ham qo‘shilgan. Keyingi yil uy quradigan bo‘lganmiz. Lekin boshqa hovli sotib olib uy qurganmiz. Hovlini sotib puliga uy quraylik desam turmush o‘rtog‘im bu hovlining narxi oshib 3 ta mashinaga etadigan bo‘lganda sotib 3 aka-uka mashina olamiz deb ko‘nmaganlar. Hovli turmush o‘rtog‘imning nomida lekin qaynotam tasarruf qiladilar. Bu hovli uchun zakot berish kerakmi? Bersa kim beradi? 2). O‘sha vaqtda mening pulim hovli narxining uchdan birini tashkil qilardi. Men hovlini sotib shu ulushimni talab qilsam bo‘ladimi? Xususiy ish boshlamoqchan. Chunki hovli xo‘jayinimning nomida bo‘lgani bilan qaynatam uni bizga bermaydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zakot berilmaydi. 2). Haqiqatda sizning pulingiz qo‘shilgan bo‘lsa, talab qilishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 125 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar