Wi-fi dan foydalanish
Assalomu alaykum! Men ijarada toshkentda turaman o‘zim talabaman bizni kvartirada vay-fay(internet tarmoq) o‘rnatilgan men o‘zim ham shundan foydalanaman. Shuni pulini bo‘lib to‘laymiz. 1 honadoshim foydalanmaydi nega foydalanmaysiz desam men qo‘shgan pul aralashib yani umumiy bo‘lib ketadi. shunda men boshqalar nomaqul narsalar ko‘rishga ishlatsa internetni men shunga sherik bo‘lib qolaman gunohiga deyapti. shunga o‘ylanib qoldim, hamma o‘zi uchun pul to‘lasa shunda ham sherik bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir uyda yashab, bir-biringizni ma’siyatdan qaytarmaganingiz uchun albatta gunohkor bo‘lasiz. Hozirda avvallari insonlar mahallasida biron fisq ish ko‘rib qolsa darhol jamlanib bundan qaytarishar, pand-nasihat qilishar edi. Vaqtlar o‘tib, “menga nima, nima qilsa ham gunohi o‘ziga-ku” deyishga o‘tishdi. Yana zamon o‘zgarib o‘z ko‘chasida fasod tarqalsa ham parvo qilmay, o‘sha gapni takrorlay boshlashdi. Borib-borib yon qo‘shnisini ham gunohga botishiga indamay qarab turadigan bo‘lishdi. Endi bir uyda yashab bir-biringizga befarq bo‘lishga o‘tdilarmi?Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar