Bachchabozlarni yoqib yuborish mumkinmi?
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Aziz ustoz, ma’lumki payg‘ambarlarni sayyidi va taqvodorlarni imomi bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vassalam hazratlari o‘z hadislarida odamni yoqib azoblashdan ya’ni Allohni azobi bilan azoblashdan qaytarganlar. Ammo bir tushunmagan joyim shuki, agar yanglishmasam hazrati Umar roziyallohu anhuni halifalik vaqtlarida Xolid ibn Validdan habar keladiki, Arabiston jazirasini chekkasida erkaklar bachchabozlik qilishayotgani to‘g‘risida. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu sahobalarni mashvaratga chaqiradilar. Mashvaratda hazrati Ali roziyallohu anhu bu ishni, ya’ni bachchabozlikni qilayotganlarni yoqib o‘ldirish kerak deydilar va ular yoqib yuboriladilar.Bilaman bachchabozlik og‘ir gunoh, uni jazosi ham dahshatli. Xususan bu ishni qilganlarni baland minoradan itarib o‘ldirish, yoki devorni ichiga qo‘yib suvab yuborish kabi. Ammo ularni yoqish qandoq bo‘ldi? Yoki bunday hollarda istisno tariqasida yoqsa ham bo‘ladimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu nodir hodisa. Aslida, o‘tda o‘tning Robbisida boshqa kuydirmaydi, degan hadisga amal qilinadi. Siz keltirgan rivoyat ixtilofli. Erkak kishi bilan erkak kishining jinsiy aloqada bo‘lishi «livota» deyiladi. Bu ish eng yomon gunohlardan ekanligi Qur’oni Karimda bir necha bor takrorlangan. Lut alayhissalom Payg‘ambar bo‘lib borgan qavm bu amalga o‘ch bo‘lgan, Allloh taolo ularni halok qilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu jinoyatga qattiq qarshi turganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam bu amalni qilgan odam kim bo‘lishidan qat’i nazar, uylanganmi-uylanmaganmi, ikkisini ham o‘ldirishga buyurganlar. Sahobai kiromlar esa, bu jinoyatkorlarni qanday o‘ldirish to‘g‘risida turli ijtihodlar qilganlar. Hazrati Ali roziyallohu anhu ularni qilich bilan chopib o‘ldirib, jasadini kuydirib yuborishni aytganlar. Hazrati Umar va Hazrati Usmonlar (roziyallohu anhumo) esa, eski binoning tagiga yotqizib turib, ustidan devorni yiqitib o‘ldirish kerak, derlar. Hazrati Abduloh ibn Abbos roziyallohu anhu, yurtidagi eng baland joydan boshini erga qilib tashlab, keyin toshbo‘ronga tutish kerak, deganlar. Mazhab imomlari ham shunga o‘xshash fikrlar ila ijtihod qilganlar. Imom Abu Hanifa, har zamonning hokimi sharoitga qarab, boshqalar ham ibrat oladigan qilib jazolaydi, derlar. Bachchabozlikni odat qilgan odamni o‘ldirish shartligini ham alohida ta’kidlaydilar.
1 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 171 | Hadislar