Ruxiy tarbiyam
Assalomu alaykum! Yoshim 19 aqlu hushim joyda likin nmahadur judayam qiynalyapman onam otam bilan ajrashganlar oilada 3 kishimiz odam bizni kotta qildilar ishladilar pul yig‘ib uy oldilar biz u payt yosh bola idik yoshligimizning zavqli damlari bollar uyida utgan man bundan hafa imasman likin biz kotta buldik onam mixnatkash akam mixnatkash odamlar likin man ularga uxshayolmadm bular mashaqqad bilan hayotga intilishmoqda oldilariga orzular quyishgan likin man shu narsalarni hammasini chunsamda umuman uzm harakat qilolmayomman kimdur qul oyog‘imni bog‘lab quygandik hoto uzimni uzim umrimni yib bitirvotgandayman likin shularni hammasi bilib tursam ham harakatm yuq nomoz uqimaganman haligacha vaqtimni umrimni bixuda sarflayotganimni bilsam ham natiza yuq huddu ichimdan nmadur azob biradi bulgan bulmagan narsalarni uylab yuraman boshim og‘rib kitadi iltimos qilib surayman sezdan umrimni vaqtimni bixuda utkazmay qanday qilib uzmni uzgartira olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning uchun avvalo namoz o‘qishni boshlang. Namoz tufayli sizning hayotingiz mazmunga to‘ladi. Ko‘nglingizga xotirjamlik tushadi. Namoz tartibga o‘rgatadi. Fahsh va yomon ishlardan qaytaradi. Undan keyin onagiz, akangiz va oila a’zolaringiz oldidagi vazifa va burchlaringizni o‘rganing. Ularni bajarishga bel bog‘lang. Islom dini hayotning barcha jabhalarining ta’limotlarni bergan. Ularga amal qilsangiz, hozirgi holatingizdan Allohning izni ila oson chiqib ketasiz. Alloh sizga rushdi hidoyat, ibodatga himmat, ishlaringizga quvvat bersin! Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya