Jaxliy namozni maxfiy o‘qib qo‘ysa yoki aksincha

Assalomu alaykum! Men bomdod namozining farzini 1-chi rakatini o‘qiyotganimda Fotiha surasini maxfiy o‘qib qo‘yibman. Buni o‘sha zahotiyoq omin deyishim bilan sezdim. Shunda Fotiha surasini qaytatdan jahliy o‘qib namozni davom ettirishim kerakmi yoki qayta jahliy o‘qimasdan oxirida sajdayi sahv qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom bo‘lmagan bo‘lsangiz, zarari yo‘q, namozingiz durust. Imom esa, jahriyni maxfiy qilsa yoki maxfiyni jahriy qilsa, sajdai sahv qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar