Jannatda toj kiydiriladimi?
Farzandini o‘qitib, olim qilgan ota-onaga jannatda toj kiydirilishi haqida muqaddas manba’larimizda aytilganmi? Bunga erishish uchun qay darajada ta’lim berish kerak? Agar farzand qiz bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
“quran.uz” saytiga kirib qidirsangiz yana ko‘plab ma’lumotlar olasiz.
Ota-ona o‘zlari ta’lim bera olmaslar, farzandlariga sharoitini qilib berishi ham ushbu va’daning ostiga kiradi. وَلِأَبِي دَاوُدَ: مَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ وَعَمِلَ بِمَا فِيهِ أُلْبِسَ وَالِدُهُ تَاجًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ، ضَوْءُهُ أَحْسَنُ مِنْ ضَوْءِ الشَّمْسِ فِي بُيُوتِ الدُّنْيَا لَوْ كَانَتْ فِيكُمْ فَمَا ظَنُّكُمْ بِالَّذِي عَمِلَ بِهَذَا. Abu Dovudning rivoyatida:
«Kim Qur’onni o‘qisa va undagi narsaga amal qilsa, uning ota-onasiga qiyomat kuni toj kiydiriladi. Agar u orangizda bo‘lsa edi, uning ziyosi bu dunyo uylaridagi quyoshning ziyosidan ham yaxshiroq bo‘lar edi. Endi bunga amal qilganga nima bo‘lishini o‘zingiz bilib olavering», deyilgan.
Sharh: Ya’ni Qur’oni Karimni o‘qimagan ota-onaga shunchalik takrim va tashrif bo‘lsa, Qur’oni Karimni o‘qigan va unga amal qilganning o‘ziga qanchalar takrim va tashrif bo‘lishini har kim o‘zi bilib olaversin.
Shunday bo‘lganidan keyin har bir ota-ona o‘zining har bir bolasiga Qur’oni Karimni o‘qitishga o‘tsin.
Shunday bo‘lganidan keyin har birimiz Qur’oni Karimni o‘qishga va unga amal qilishga o‘taylik.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar