Sirriy namozlarda Fotixani kiroat kilish

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Kadrli shayx xazratlari! Sizga muxim masalada savol bilan murojaat kilishga izn bersangiz:Ma’lumki, xanafiy mazxabida xox jaxriy, xox sirriy namozlarda imom orkasida Fotixa surasini kiroat kilish makruxi taxrimiy, deb fatvo berilgan. Imom Shofe’iy (r.a) esa jaxriy va sirriy namozlarda muktadiy xam Fotixani kiroat kiladi deganlar, Imom Molik (r.a) esa muktadiy fakat sirriy namozlarda Fotixani kiroat kiladi, deb xukm chikarganlar. Biz mana shu mavzudagi ayrim ma’lumotlarni ukidik. Kuyida siz aziz ustozga ularni xavola kilsamda, keyin savolga utsam:Bismillaxir Roxmanir Roxiym!«Bizning mazhabimizda fiqhiy mas’alalarni olish qoidalari qatorida ushbu jumlalardagi ma’nolar ham fahmlanadi: To tavonand bandagoni Xudo, Jam’ sozand ba-mazhabi ulamo. Ravishi tarskori xalq in ast, Madeh az dasti xudki, kor in ast. Mazmuni: Alloh taoloning xos bandalari agar qodir bo‘lsalar, mujtahid ulamolarning mazhablarini jam’ qiladilar. Insoniyatning taqvodorlari amali, ravishi bu! Bunday ishni sen ham qo‘lingdan berma! Shunga binoan Imom Muhammad (r.a.) sirriy namozlarda muqtadiy ham surai fotihani qiroat qilishini istehson sanagan ekanlar. Bu mas’ala Imom A’zam (r.a.)dan ham bir marta rivoyat qilingan ekan. Ushbu qavlni mashoyixlarimiz muxtor qavl deb olishgan. Hatto ahli ilm va zakiy namozxonlarning imom qiroati orasidagi sukutlar asnosida surai fotihani bo‘lib-bo‘lib o‘qib olishlari yaxshiroq ekanligi ham fiqhiy asarlarimizda ko‘rsatilgan. Ushbu mas’ala “E’lo us-sunan”da ham ifodalangan. Lekin muqtadiyning o‘qishi imomning o‘qishiga aralashib ketmasligi, unga aslo xalaqit qilmasligi, muqtadiy qiroati ham tajvid qoidalari asosida bo‘lishi, qiroat ma’nosi buziladigan darajada bo‘lmasligi shart qilinadi. Demak, bu imom orqasida qiroat qilish mazhabimizda xos odamlarga tavsiya etiladi xolos. Boshqalar mazhabimizning zohir mas’alasiga binoan, fiqhiy matn kitoblari ko‘rsatmasiga amal qilgan holda barcha namozlarda imom orqasida jim turishi talab etiladi. Aks holda makruhi tahrimiy ishni qilib qo‘yish mumkin. Vallohu a’lam bis-savob.» «Fikxi Kaydoniy» asarining sharxida xam Imom Muxammad (r.a)ning imom sirriy kiroat kilayotganida orkasida muktadiyning Fotixani kiroat kilishini makrux emas, degan fatvolarini ukidik. Imom Molik (r.a)ning «Muvatto» asarlarida xam bu masaladagi rivoyatlarni ukidik: Hishom ibn Urva otalaridan rivoyat qiladilar: Albatta u kishi (Urva) imom qiroatda ovoz chiqarmaydigan namozda orqasida o‘qir edilar (o‘zlari ham qiroat qilar edilar).Yahyo ibn Sa’iyd va Robi’a ibn abu Abdurrahmondan rivoyat qilinadi: Albatta Qosim ibn Muhammad imom qiroatda ovoz chiqarmaydigan namozida orqasida o‘qir edilar (o‘zlari ham qiroat qilar edilar).Yaziyd ibn Rumondan rivoyat qilinadi: Albatta Nofe’ ibn Jubayr ibn Mut’im imom qiroatda ovoz chiqarmaydigan namozida orqasida o‘qir edilar (o‘zlari ham qiroat qilar edilar). SAVOL: Xanafiy mazxabimizning ayrim mujtaxidlari, jumladan Imom Muxammad (r.a) va yana bir kavllarida Imom A’zam (r.a)ning uzlari, yana «E’lo us-sunan» soxibi Taxonaviy (r.a)lar ifodalaganiday yukoridagi shartlarga asosan sirriy namozlarda imom orkasida unga xalakit bermasdan Fotixani kiroat kilsak buladimi? Javoblaringiz uchun tashakkur aytganimiz xolda extirom ila talabangiz Umidjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘lmaydi.

27 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar