Imtihon kuni namoz qoldirish

Assalomu alaykum! Abiturientman, bir yildan beri matematika fanidan tayorlanaman meni imtixonim 18:00da ekan agar imtixonga borsam asr va shom namozlarim qazo bo‘lishi extimoli 99% chunki u erda namoz o‘qishga ruxsat berishmidi, agar imtixonga bormasam qurilishda ishlashga majburman vaxolanki u erda namoz o‘qish juda qiyin. Men bunday xolda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 17:35da asrni o‘qib imtihonga kirasiz. Shom namozini ham 19:15gacha o‘qib olsangiz bo‘ldi. Imtihonni shomni vaqti chiqib ketguncha topshirishga harakat qiling. Agar shomning vaqti chiqib ketadigan xavf bo‘lsa, chiqib o‘qib keling. Dunyodagi barcha imtihonlarda hojatxona kabi zaruriy ishlarga chiqaman desa ruxsat berishadi. Namozlarni vaqtida o‘qing, buning uchun musulmonda himmat bo‘lsa bo‘ldi. Allohdan qo‘rqib namoz o‘qisangiz, imtihondagilarni ham qurilishdagilarni ham azobidan Alloh taolo qutqara oladi. Allohga taqvo qilsangiz, Undan qo‘rqsangiz O‘zi sizga har bir mushkul holatdan chiroyli echim beradi.«Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yadir. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur». («Taloq» surasi, 2-3 oyatlar)
Ya’ni kim Alloh taoloning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytsa, bu dunyo va u dunyoning qiyinchiliklaridan chiqadigan yo‘lni Alloh taoloning O‘zi ko‘rsatib qo‘yadi. Taqvodor shaxsning mushkulini doimo Alloh taoloning O‘zi engil qilib turadi. Shu bilan birga, unga o‘zi o‘ylab xayoliga ham kelmagan tomondan rizqi ro‘z etkazib beradi. Odatda kishilar rizqi ro‘zim serob bo‘lsin, degan maqsadda taqvodan voz kechishadi. Bu esa aksincha natijaga olib keladi. Ushbu oyati karimaning ma’nosidan kelib chiqadigan qoidaga binoan, taqvodorlik qiyinchiliklarning osonlashishi va rizqning o‘ylamagan tarafdan kelishiga sabab bo‘ladi.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu «Qur’ondagi eng katta umidbaxsh oyat, ushbu «va man yattaqillaha yaj’al lahu maxrajan va yarzuqhu min haysu laa yahtasib» degan ekanlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Pay­g‘ambar alayhissalom: «Albatta, banda qilgan gunohi tufayli rizqdan mahrum bo‘ladi. Qadarni duodan o‘zga hech narsa rad qila olmaydi, umrni yaxshilikdan o‘zga hech narsa ziyod qila olmaydi», deganlar. («Tafsiri Hilol» kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar