Namozda kulgu eshitilsa

Assalomu alaykum! Biz o‘rtog‘im bilan mexmondochilikda edik. Xufton namozini o‘sha erda o‘qidik. Namoz payti qattiq kulishlar va ovozlar eshitilib turdi. Namoz tugatgandan keyin shubxalanib qoldik namozimiz buzulmadimikan deb. Va uyga kelib boshqatdan xufton namozini o‘qidik. Biz to‘g‘ri qildikmi? O‘zi umuman tashqi shovqin bilan namoz buzuladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar namoz o‘qiyotganlardan birortasi kulgan bo‘lsa, u shaxsning namozi ham tahorati ham buzilgan bo‘lib, qayta tahorat olib namozni ham qayta o‘qishi kerak bo‘ladi. Boshqa xonada o‘tirganlar kulsa ularni kulishi bilan namoz o‘qiyotganlarni namozi buzilmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar