Botiniylar kimlar?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! "Hikmatli dunyo"da botiniylar haqida eshitdim. Hozirgi kunda ular kimlar, qaysi sifatlaridan taniymiz? Alloh sizdek ulomalarni ko‘paytirsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Botiniylar. O‘sha davrlarda paydo bo‘lgan va Islomga zarar etkazish uchun faoliyat olib borganlarning ichida botiniylar ham bo‘lganlar. Botiniylar o‘z aqiydalari, fikrlari va ta’limotlarini tarqatishda yunon falsafasidan keng foydalanganlar. Botiniylar, asosan, Islom kelganidan keyin o‘z mansabi va martabasini yo‘qotgan alamzadalar edi. Ular, aslida, shahvat boqog‘iga botgan, fohishaboz va shaxsga sig‘inish tarafdorlari edi. Botiniylar Islomga ochiq-oydin hujum qilmadilar. Aksincha, ustalik bilan niqoblangan holda musulmonlarga zarba berishga o‘tdilar. Botiniylar musulmonlar ommasi ichida «nubuvvat», «risolat», «farishta», «oxirat», «jannat», «do‘zax», «shariat», «farz», «vojib», «halol», «harom», «namoz», «zakot», «ro‘za», «haj» kabi istilohlar katta obro‘ga ekani va ularni dinu diyonat bilan mahkam bog‘lab turishini yaxshi tushunib etgan edilar. Botiniylar xuddi shu kuchli va muqaddas robitaga zarba berishni qasd qildilar. Botiniylarning falsafasiga misol tariyqasida aytishimiz mumkinki, ular sirtda boshqalarga o‘xshab namoz o‘qishlari mumkin, ammo botin(ich)larida namozni imomlaridan «Tiyb ibn Omir uchun o‘qidim» deb niyat qiladilar. Shuningdek, haj qilishlari mumkin, ammo Ka’bai Mu’azzamani imomning ramzi deb e’tiqod qiladilar. Ular Qur’oni Karim va hadisi nabaviylarning zohiri va botini, ya’ni sirti va ichi bor, deydilar. Zohir po‘choq, botin mag‘z kabidir. Zohir muhim emas, botin muhimdir. Ular ushbu qoidaga binoan, islomga oid har bir istilohni o‘zlariga mos ravishda ta’riflab chiqadilar. Keyinroq esa, umuman boshqacha diniy ta’limot tomon yuzlanadilar. Botiniylar Islom uchun katta zarar ekazganlar. Oxir-oqibat botiniylar maxfiy muassasaga aylanib qoldi. Qadimda ismoiliylar va qarmatiylar botiniylarning namoyandasi bo‘lsa, hozirda qodiyoniylar va bahoiylardir.
26 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar