Biz zakot berishimiz kerakmi?

Biz to‘rt aka-ukamiz. Hammamiz Rossiyada ishlaymiz. Hammani qozoni bitta hozircha. Hammani oyligini to‘plab uyga yuboraman. Bu oylik puli zakot nisobiga etadi. Lekin bu pul uyda uch kun ham turmaydi. Dadam ikki yildan beri uy soladilar. Yaqinda avtomashina oldik. Bu hol mana ikki yildan beri davom etadi. Savol: biz zakot berishimiz kerakmi? Dadam yaqinda vafot etdilar, hazrat sizdan Alloh haq subhanahu va taolo uchun so‘rayman. Iltimos ularni duo qilsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nisobga etgan pul bir yil kamaymasdan turganda zakot beriladi.

26 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 154 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar