Tabut Sakina
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar Tobut Sakina nima? Javob uchun oldindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : وَقَالَ لَهُمْ نِبِيُّهُمْ إِنَّ آيَةَ مُلْكِهِ أَن يَأْتِيَكُمُ التَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَبَقِيَّةٌ مِّمَّا تَرَكَ آلُ مُوسَى وَآلُ هَارُونَ تَحْمِلُهُ الْمَلآئِكَةُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ 248. Nabiylari ularga: «Albatta, uning podshohligining oyati (belgisi) – sizlarga ichida Robbingizdan sakina va Oli Musodan hamda Oli Horundan qoldiq bor sandiq kelishidir. Uni farishtalar ko‘tarib kelur. Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga oyat (belgi) bor», – dedi. Banu Isroilga Tolutning haqiqatda Alloh tomonidan tayin qilingan podshoh ekanini isbot etish uchun ularni qoyil qoldiradigan, odatdan tashqari, Allohdan boshqa hech kimning qo‘lidan kelmaydigan bir mo‘’jiza sodir etilyapti. Ma’lumki, Muso alayhissalomning vafotlaridan keyin Banu Isroilga Yusha’ alayhissalom rahbar bo‘lgan edilar. O‘sha paytda ularni muqaddas erlaridan haydab chiqargan dushmanlari bir qancha muqaddas narsalarini ham tortib olgan edi. Mazkur tortib olingan narsalar ichida jumladan, Banu Isroilga xos bir mashhur tobut – sandiq ham bor edi. Muso alayhissalom qachon urushga kirsalar, o‘sha tobutni o‘z askarlarining oldida borishini ta’minlar edilar. Shunda Banu Isroilning qalbiga xotirjamlik tushib, urushdan qochishmas edi. Keyinchalik u tobutga Muso va Horun alayhissalomlardan qolgan esdalik – tabarruk narsalarni solib qo‘yishgan edi. Jumladan, mazkur tobutda Alloh taolo Muso alayhissalomga Tur tog‘ida bergan lavhlar, u kishining hassalari, kiyimlari, kavushlari, Horun alayhissalomning sallalari kabi narsalar bor edi. Ulamolarimiz buni: «Payg‘ambarlardan qolgan narsalarni tabarruk tutishga dalildir», – deganlar. Payg‘ambarlari: «Tobutni farishtalar ko‘tarib kelishi Tolutning podshohligiga belgidir, agar haqiqiy mo‘min bo‘ladigan bo‘lsangiz, ushbu mo‘’jizaning o‘zi kifoya qiladi», – dedi. Keyingi oyatlardagi ma’noga qaraganda, bu ish ro‘y berib, Banu Isroilda ishonch hosil bo‘lganga o‘xshaydi: فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِالْجُنُودِ قَالَ إِنَّ اللّهَ مُبْتَلِيكُم بِنَهَرٍ فَمَن شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّي وَمَن لَّمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُ مِنِّي إِلاَّ مَنِ اغْتَرَفَ غُرْفَةً بِيَدِهِ فَشَرِبُواْ مِنْهُ إِلاَّ قَلِيلاً مِّنْهُمْ فَلَمَّا جَاوَزَهُ هُوَ وَالَّذِينَ آمَنُواْ مَعَهُ قَالُواْ لاَ طَاقَةَ لَنَا الْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنودِهِ قَالَ الَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلاَقُو اللّهِ كَم مِّن فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللّهِ وَاللّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ 249. Tolut lashkarlar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u albatta mendandir. Magar birov qo‘li bilan bir hovuch olsa, mayli», – dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan o‘tganlarida: «Bugun bizda Jolut va uning lashkarlari bilan jang qilishga qudrat yo‘q», – dedilar. O‘zlarini Allohga ro‘baro‘ bo‘luvchi deb bilganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko‘p sonli guruhlarga g‘olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar. Va, nihoyat, Banu Isroilning jihoddan qochmay qolgan odamlari Tolutning Alloh tayin qilgan podshoh ekaniga ishontirilgach, Tolut ulardan askar tayyorladi. So‘ngra, urush qilish vaqti etib keldi. Ular jo‘nadilar. Shunda Tolutning haqiqiy askarboshi ekani namoyon bo‘ldi. U askarlarining holatini yaxshi bilardi. Ular avvallari mag‘lubiyatga uchrab yurgan, xorlikka ko‘nikib qolgan edilar. Dushman esa kuchli, g‘alabaga odatlanib qolgan. Unday dushmanga g‘olib kelish uchun mustahkam irodaga ega bo‘lish kerak. Shuning uchun Tolut o‘z askarlarining irodasini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shahardan chiqqanlarida sinov shartini e’lon qildi. «Tolut lashkarlar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u albatta mendandir. Magar birov qo‘li bilan bir hovuch olsa, mayli», – dedi». Yo‘lda bir imtihon uchraydi, kim irodasi kuchli bo‘lib, chanqoqlikka chidab, uning suvidan ichmasa, sinovdan o‘tgan bo‘ladi – Tolutning haqiqiy askariga aylanadi. Kim irodasizlik qilib, daryoning suvidan ichib olsa, askarlikka qabul qilinmaydi. Bir oz suvsizlikka chiday olmagan odam jihodning mashaqqatlariga chiday olmasligi turgan gap. Shu bilan birga, Tolut tomoqni ho‘llab olish uchun suvdan bir ho‘plam ichishga ruxsat berdi. Yurib borib, daryoga ham etishdi: «Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar». Sinovdan o‘tisha olmadi. Og‘ir ishga kirishishdan oldin odamlarni faqat og‘zaki sinov emas, balki amaliy sinovdan ham o‘tkazish zarurligi shundan bilinadi. Birinchi amaliy sinovdayoq Tolutning askari sarasi saraga, puchagi puchakka ajradi. Sinovdan o‘tmaganlar ajrab qoldilar. Imom Buxoriy Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda u kishi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Badr urushi kuni qatnashgan sahobalarining soni uch yuz o‘n necha kishi – Tolut bilan daryodan o‘tgan sheriklarining soniga teng kelganini gaplashar edik; u bilan faqat mo‘minlargina o‘tgan», – degan ekanlar. «U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan o‘tganlarida: «Bugun bizda Jolut va uning lashkarlari bilan jang qilishga qudrat yo‘q», – dedilar». Lekin iymonlilar ichida ham zaiflar paydo bo‘ldi. Dushmanga ro‘baro‘ kelganda o‘zlarining ozligi, dushmanning quvvatli ekanini sezib, urushda qatnasha olmasliklarini, toqatlari yo‘qligini bayon qilishdi. Ular vaziyatni o‘z tarozilariga solib ko‘rib, g‘olib kelishlariga ko‘zlari etmadi. Shunda haqiqiy mo‘minlar, hamma narsani ilohiy o‘lchov bilan o‘lchaydiganlar yuzaga chiqdilar. «O‘zlarini Allohga ro‘baro‘ bo‘luvchi deb bilganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko‘p sonli guruhlarga g‘olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar». O‘zi asl narsa oz bo‘ladi. Haqiqiy mo‘minlar ham oz bo‘ladilar. Chunki ular xatarli so‘qmoqlardan qiyinchiliklarni engib o‘tib, maqsadga etadilar, Alloh tanlagan muqarrab bandalar qatoriga kiradilar. Bu hammaga ham nasib qilavermaydi. Undaylar Parvardigori Olamga ro‘baro‘ bo‘lishlariga qat’iy ishonadilar. Shuning uchun hamma mashaqqatlarni engishga tayyor bo‘ladilar. Hamma narsa «Allohning izni bilan» bo‘lishiga ishonadilar. Shuning uchun sonlari oz bo‘lsa ham qo‘rqmaydilar. Ular Alloh sabr qiluvchilar bilan birga ekanini yaxshi biladilar. Allohning O‘zidan sabr tilab, qo‘rqmay, ko‘p sonli va quvvatli dushmanning ko‘ziga tik boqib boraveradilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 142 | Islam