Savollar mazmuniga e’tibor beraylik!

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli jamoasi hamda dinqardoshlar! Savol-javoblarga ko‘z yugirtirayotib ba’zi bir noxush holatlarga ko‘zim tushdi. Sababi, ba’zi savollarga o‘n martalab javob berilgan, Hazratning kitoblariga necha yillar oldin yozilgan, “islom.uz”ga aloqador boshqa saytlarda bor va … Bu qanday holat?! Shayx Hazratlariga ham takroriy savollar borardi, lekin ular bu darajada ko‘p emas edi. “Shayx Hazratlari vafot etdilar” deb endi izlash xizmatidan foydalanmaymiz-mi?! Hozirgi javob yozayotgan Ulamolarimizning vaqtlarini olishda Allohdan qo‘rqaylik. Bu Ulamolarimizning ham har soniyalari g‘animat! Ularning ham yozishlari, ilmlarini bundanda ziyoda qilishlari uchun o‘qishlari, intilishlari, izlanishlari kabi ko‘plab yumushlari uchun vaqt kerak-ku! Shu narsalarni hisobga olsak, menimcha yaxshi bo‘lar edi. Bu mulohaza noto‘g‘ri bo‘lsa, sizlardan uzr, Allohdan kechirishini so‘rab iltijo qilib qolaman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh sizdek muxlis insonlarning soni va sifatini ko‘paytirsin.

26 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar