Mast ota

Assalomu alaykum! Dadam xar kuni ichadi, uyga kelib xammamizni xar xil gaplar bilan xaqoratlaydi, onamga xar xil bo‘lmag‘ur gaplarni o‘ylab topib tuxmat xam qiladi. Ba’zida onamni do‘pposlab ketadi, o‘sha paytda onamni ximoya qilish uchun nima kqilay? Qo‘l ko‘tarsam bo‘ladimi? Axir jim qarab turolmayman onamni kaltak eyishiga. Qaysi yo‘l bilan onamni ximoya qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima bo‘lganda ham farzand otasiga qo‘l emas, ovozini ko‘tarishiga ham ruxsat yo‘q. Bu ishlar otasiga oq bo‘lishga sabab bo‘ladi, Alloh asrasin. Shuning uchun bunday vaziyatlarda onangizni olib chiqib ketishga harakat qiling. Otangizni oldida tursangiz muammo ko‘payaveradi. U kishining haqqiga duoda bo‘lib, ichkilikdan qutiltirishga urinishingiz kerak. Buning uchun mutaxassis doktorlarga murojjat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar