Mavlidi Sharif haqida

Assalomu alaykum! Hozir muborak rabbi-ul avval oyida biz ayollar o‘zimizni xonadonimizda mustaqil ravishda Mavlidi Sharifni o‘qib, salovot va tasbehlar aytsak bo‘ladimi? Mavlidi Sharifni arabcha matnini qorilarimizdan eshitganmiz. Mukammal yozilgan o‘zbekcha matnini qaerdan topsa bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mavlid o‘qishdan maqsad Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari va siyratlarini o‘rganishdir. Bu borada Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Mavlid” kitobini olib o‘qiganlaringiz ma’qul. Unda arabchisi ham, tarjimasi ham bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar