Izorga suv sepish
Assalomu alaykum! Bir mo‘ysafid taxoratni qilib bo‘lgach ishtonining oldiga 3 marotaba sachratib suv sepdi. Nima amal bu dep so‘ragandim shayton ushlab qolgan ozgina bavl kiyimga tekgani uchun suv sepish sunnat amal dedi. Iltimos shu to‘g‘rida tushuncha bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis kelgan. عَنِ الْحَكَمِ أَوِ ابْنِ الْحَكَمِ، عَنْ أبِيهِ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَالَ ثُمَّ تَوَضَّأَ وَنَضَحَ فَرْجَهُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ.Al-Hakam yoki Ibn al-Hakam otasidan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bavl qildilar, so‘ngra tahorat qildilar va farjlariga suv sepdilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Tahorat qilgandan so‘ng farjga suv sepish kiyimning ustidan bo‘ladi. Bu ish asosan shaytonning vasvasasini rad qilish uchun maslahat beriladi. Ba’zi odamlar tahorat qilib bo‘lgandan keyin farjidan suv chiqib, kiyimiga tekkanga o‘xshab, ikkilanib qoladi. Ana o‘sha narsa suv sepganda yo‘q bo‘ladi.
Imom Termiziy qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Jabroil menga: «Ey Muhammad, tahorat qilganingda suv sepib yubor. Chunki shayton farjni harakatlantiradi», dedi», deganlar. عَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ لِلْوُضُوءِ شَيْطَانًا يُقَالُ لَهُ الْوَلَهَانُ فَاتَّقُوا وَسْوَاسَ الْمَاءِ.Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat uchun Valhon deb aytiladigan shayton bor. Suv vasvasasidan saqlaninglar», dedilar».
Sharh: «Valhon»ning lug‘aviy ma’nosi «o‘ta berilgan» deganidir. Demak, shaytonlarning ichida kishilarni tahoratda vasvasa qilishga o‘ta berilganlari bor ekan. Uning vasvasasidan esa tahorat va g‘uslni boshlashda «A’uzu billahi» va «Bismillahi»ni aytish bilan, e’tiborni va xayolni bir joyga qo‘yib, turli shubhali fikrlardan uzoqda bo‘lish bilan saqlanish mumkin. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar