Namozdagi ortiqcha harakat

Assalomu alaykum! Sizlarning kanalingizni iloji boricha doim kuzatib boraman va ixlosim ishonchimga shubxa yo‘q, sizlarni bir savolga javob berganizdi o‘qigandim "namozda 3 ta noo‘rin xarakat namozdi buzmaydi" deb javob bergan edizlar, lekin kecha juma namozga, juma tezisga namozdi xar qanday xarakat biror joyini qashalash buzadi xatto sababli bo‘lsayam mayli deb aytmadi imom, meni qiziqtirgan narsa shuki xar juma kerak bo‘lgan masala imomlaga diniy idoradan keladi. Bazida silani bergan javoblariz bilan imomla aytgan gapi to‘g‘ri kelmaydi. Ixtilof qilishdan qo‘rqaman, xatto imomgayam shu savolni bermay to‘g‘ri silaga beryapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Ko‘p amal qilish: ikki qo‘lga muhtoj bo‘ladigan yoki namozxon ko‘p hisoblaydigan, yoxud nazar soluvchi «Buni qilayotgan odam namoz o‘qimayapti», deb gumon qiladigan ish ko‘p amaldir.
Namozning amallaridan bo‘lmagan va namozni tuzatish uchun bo‘lmagan ko‘p amal namozni buzadi. Odatda ikki qo‘l bilan qilinadigan salla o‘rash, ko‘ylak kiyish, izor, shalvor kiyish, kamon otish kabi amallarni bir qo‘l bilan qilinsa ham namoz buziladi.
 «Muxtasar»ning muallifi bu erdan boshqa joylarda, shuningdek, boshqa ulamolarimiz «namozni buzuvchi» deb aytgan boshqa amallar ham bor. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar