Savdodan foiz sifatida berilgan ish xaqqi

Assalomu alaykum! Hammangizdan Alloh rozi bo‘lsin! Men chet davlatda xavo yo‘llarida (samoletda) passajirlarga xizmat ko‘rsatuvchi (styuard) bo‘lib ishlayman. Men ishlaydigan xavo yo‘llarida samoletda beriladigan oziq ovqat va boshka xarid uchun mahsulotlar (dyuti-fri maxsulotlari) pulga sotiladi. Ozik ovkat va boshka maxsulotlarni etkazib beruvchi korxonalar aloxida korxona xisoblanadi va ular xavo yo‘llari korxonamizga maxsulotlarni doimo etkazib berishadi. Men oylik ish xakkimni (maoshimni) xavo yo‘llari shirkatidan olaman. Lekin biz yo‘lovchilarga xizmat kursatuvchilar yaxshirok ishlashimiz va samoletda ko‘prok savdo kilishimiz uchun, ozik ovkat maxsulotidan bo‘lgan savdodan 3% va boshka maxsulotlardan (dyuti-fri maxsulotlari) bo‘lgan savdodan 10% mablag etkazib beruvchi korxonalar tomonidan xar safargi parvozdan sung bizga taksimlab bo‘lib beriladi. Buni bizga etkazib beruvchilar parvoz davomida sotilgan maxsulotlar uchun ish xakki sifatida beradi. Shu pullarni anchadan beri olib kelaman. Shu pullarni olishim menga xalolmi? Chunki bu pullar etkazib beruvchilar tomonidan maosh xisobida kunlik beriladi yoki bu pullarni olishim joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savdosi qilinayotgan narsalar shariatda sotilishi man qilingan mollar bo‘lmasligi sharti ila, mukofot sifatida berilsa olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar