Surunkali kasalga ramazon ro‘zasi
Assalomu alaykum! Meni yoshim 33 da. 28 yoshimda nevrologik miasteniya (mushak etishmovchiligi) xastaligiga duchor bo‘lganman. Miasteniya mushaklarda bo‘shashishlik, xolsizlik, muvozanat yo‘qolishi, ko‘zlarning g‘ilaylanishi kabi belgilari bilan kechadigan surunkali kasallik. xastalikning dastlabki yili kuchli formasini boshimdan o‘tkazib ovqat chaynashga xam qiynalardim va doimo tez tez ovqatlanib turishim kerak edi, shifokor nazoratida bo‘lib dorilarni o‘z vaqtida qabul qilishim kerak edi (o‘sha yili ramazon ro‘zasini xastalik sabab tutaolmadim). keyingi yillarda menda kasallikning engil formasi, ya’ni faqat ko‘zning g‘ilaylanish formasi bo‘lib, ramazon oyida to‘liq ro‘za tutishga harakat qildim alhamdulillah! xozirgi kunda ham faqat chap ko‘zim g‘ilaylanadi. xar kuni 4-5 soat orasida kalimin tabletka ichish tavsiya etilgan. o‘tgan 4 yil davomida akam bilan bir uyda yashar edik, ro‘zg‘or xarajatlarini akam qilar edilar va menga ko‘p moddiy yordam berardilar. xozir o‘zimni oilam bilan alohida yashayabman. kommunal to‘lovlardan va do‘stlarimdan qarzlarim kundan kun ko‘payib ketyabdi. qarzlarimni to‘lash uchun Alloh qodir qilgunicha mexnat qilyabman. Kalimin tabletkamni uzog‘i 5-6 soat orasida ichmasam mushaklarimda bo‘shashishlik boshlanadi, tana muvozanatim o‘zgaradi. Ramazon ro‘zasi menga farzmi yoki qarzlarimni uzish uchun, oilamni ta’minotini ta’minlash uchun, kasallikni avj olishidan saqlanib dori ichib yuraymi? kunlik fidya berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzlarni ado qilish uchun ramazondan oldinroq g‘ayrat qilish kerak edi. Bu ro‘za tutmaslik uchun uzr bo‘la olmaydi. Dorini kunduzi qabul qilmasa kasallik ziyoda bo‘lishi esa boshqa masaladir. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzlarni ado qilish uchun ramazondan oldinroq g‘ayrat qilish kerak edi. Bu ro‘za tutmaslik uchun uzr bo‘la olmaydi. Dorini kunduzi qabul qilmasa kasallik ziyoda bo‘lishi esa boshqa masaladir. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar