Namozdan qanday chiqiladi?

Assalomu alaykum! Namoz ruknlarida, o‘qiyotgan vaqti, qaysi ruknda turishining farqi yo‘q, taxorat yo‘qligi esiga tushsa yoki taxorati buzilsa yoki ko‘pol xato bilan, sabab topilsa o‘kiyotgan namozini buzishga to‘g‘ri kelsa qanday chiqiladi? 1- Yaqin insonimni ustozi namozdan xar qanday xolatda xam ikki elkaga salom berib chiqiladi debdi. 2-Bizga ustozlar namozini qaerida buzishga to‘g‘ri kelsa shu erida xech qanday amal kilmasdan tark qilishni o‘rgatishuvdi. Qanday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorati yo‘qligi esiga tushsa demak u namozda emas. Agar tahoratini atayin buzsa shu amali bilan namozdan chiqadi. Agar beixtiyor buzilsa va namozdan chiqishni iroda qilsa salom bilan namozdan chiqishi afzal. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 21:17 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar