Islomda mexmondorchilik

Assalomu alaykum! Nikox valiymasi sababidan uyishtirilgan naxorgi oshga taklif qilingan odamlarga dasturxonga tortilgan noz ne’matlarni barchasidan tanovul qilishga umumiy ijozat berilgan bo‘ladimi, yoki faqat oshga aytilgani uchun oshnigina eyishga ijozat berilgan bo‘ladimi, xozirda dasturxonga tortilgan asosan quruq mevalar ijaraga olingan bo‘ladi, shuning uchunmi bir marotaba emas bir ikki marotaba birovga tanbex bergan odamlarga duch keldim, menimcha umumiy ijozat bo‘lgandir mezbonlar xam shuni xisobini oladi desam o‘shanday odamlarga gapim yoqmagandek bo‘ldi, mana shu mas’alaga oydinik kiritib bersangiz, oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Afsus hozirgi kunda to‘ylar ham namoyish uchun bo‘lib qoldi. O‘sha quruq mevalarni namoyish uchun qo‘yganlar ijaraga olayotib “Ishqilib eb yuborishmasinda” deganlari ham juda ko‘p. Bunday holatda qanday qilib eysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 187 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar