Namozda kiyimni to‘g‘irlab qo‘yish

Assalomu alaykum! Ustozlar, biror birodarimiz namoz o‘qiyotsalar kiyimi kaltaligi sababli bel tarafi ochilib qolsa, uni shu zahoti namoz o‘qiyotgan vaqtidayoq to‘g‘irlab qo‘ysa bo‘ladimi(agar men namoz o‘qimayotgan bo‘lsam)? Ularni namoziga halaqit qilgan yoki buzgan bo‘lib qolmaymanmi? Chunki masjidlarda ayniqsa Juma namozini sunnatida(yani o‘qib bo‘lib kutib turganimizda) bu holga ko‘p guvoh bo‘lib qolyapmiz. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin aytishga harakat qilaman lekin unda kech bo‘ldi deb qo‘rqaman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sunnatni o‘qiyotganda shunday qilib farzni ham shunday qilsangiz namozingiz ado bo‘lmaydi, chunki kindikni ro‘parasidan yonboshlar ham orqa taraf ham avrat hisoblanadi. O‘shani to‘rtdan biri ochilsa namoz buziladi deb ayting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar