Muslim apteka

Assalomu alaykum! Aptekalarda sotiladigan dorilar tarkibida shar’an man etilgan moddalar borligini (masalan cho‘chqa fermenti, jelatini) haqida bilganimga ko‘p bo‘lmadi. To‘g‘risi hayron qolganim shu paytgacha sotib olgan dorilarimiz tarkibida ushbu moddalar borligi haqida na bir aptekachi tomonidan ogohlantirilmagan ekan. Shularni iste’mol qilganimiz uchun Alloh bizni kechirsin. Avvaliga arab davlatlarining musulmon badavlat insonlaridan shu kabi dorilarning halol shaklini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ymaganliklaridan xafa bo‘libman. Lekin o‘ylab qarasam buning uchun hamma birdek harakat qilishi lozim ekan. Ustozlar iltimos, Sizlar va shu xabarni o‘qigan barcha duo qilsanglar, shoyad bizning o‘zbek musulmon tadbirkorlari ham shu masalada jiddiy bosh qotirib, dorilarning halol muqobillarini ishlab chiqarilishida, muslim aptekalar ochilishida tashabbuskor bo‘lsalar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh salomat qilsin, juda go‘zal taklif. Sizlar ham duo qilinglar, shunga muvaffaq qilsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar