O‘ylanib qolyapman

Assalomu alaykum! Buvim bilan bir ikki masalada tortishib qolyapman. Tirnog‘imni ko‘proq kechqurun qorong‘u tushgan mahalda olaman va olgan tirnog‘imni axlatga tashlab yuboraman lekin buvim meni doim koyiydilar kechqurun tirnoq olmaydi deb, yomon ish bo‘larmish men bidiatlarga umuman ishonmayman lekin buvim ko‘p aytganlari uchun ularga ham tushuntirib qo‘yardim. Bu shunchaki bidiatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tirnoqni xohlagan vaqtda olish mumkin, lekin uni ko‘mish kerak. Bu kattalar bilan tortishib, baxslashib ularni ko‘nglini og‘ritadigan masala emas. Sal kengroq bo‘ling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar