Peshin namozidagi 4 rakat sunnat xaqida

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh shayx xazrarlari! Sizga bir muhim savolib bor edi. Bir Falastinlik do‘stim bilan peshin namozini o‘qidik. Namoz o‘qib bo‘lgach u mendan 4 rakat farz namozidan oldin, nima uchun 4 rakat sunnat o‘qiganligimni so‘radi. Men hayron bo‘ldim. Uni aytishi bo‘yicha peshin namozida farzdan oldin va keyin faqat 2 rakat sunnat o‘qilishini aytti. Uni aytishi bo‘ yicha uning mamlakatida xamma shunday o‘qishini aytti. Men ham unga bizni mamlakatta ham 4 rakat qilib o‘qilishini ayttim. Men dalil keltira olmadim ilojisi bo‘sa hadislardan dalil keltirib bersangiz. Agar ilojisi bo‘sa Arab tilida ham yozib bering. Ilmsizligim uchun oldindan usr so‘riman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Peshindan oldingi to‘rt rak’atni va Bomdoddagi ikki rak’atni hech qo‘ymas edilar». Ushbu ikki hadisni beshovlari rivoyat qilishgan.Ummu Habiyba roziyallohu anhodan rivoyat qilindi: «Qaysi bir musulmon banda har kuni farzdan tashqari o‘n ikki rak’at ixtiyoriy namoz o‘qisa, albatta, Alloh unga jannatda uy qurib beradi», dedilar. Ummu Habiyba: «Shundan keyin ularni doimo o‘qib kelmoqdaman», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Termiziy: «Peshindan oldin to‘rt va keyin ikki rak’at. Shomdan keyin ikki rak’at, Xuftondan keyin ikki rak’at. Bomdoddan oldin ikki rak’at»ni ziyoda qilgan».

28 Aprel 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 218 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar